Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Tomorqachilik bo‘yicha yangi tajribalar

23.03.2025
3 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB va boshqa aloqador vazirlik, davlat idoralari hamda tijorat banklari tomonidan Davlatimiz rahbarining “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni o'z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida Asaka tumanida tizimli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Faoliyat boshlanganiga hali ko'p bo'lmadi, lekin natijalar ko'zga ko'rina boshlagan.

Bosh vazir o'rinbosari, Iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo'chqorov, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Zaxidov, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB raisi, Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha Kengash raisi S. Annaqilichev hamda “Sanoat qurilish bank” ATB raisi A. Akbarjonov hududda bo‘lib amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Dastlabki manzil – Asaka tumani “Otish” mahallasida yashovchi tadbirkor Bozorboy Sobirov xonadoni. “Asaka agrostar” MCHJ ko‘magi bilan uning issiqxonalariga 2025-yil hosili uchun Ispaniya, Gollandiya, Turkiya va Koreya davlatlaridan keltirilgan urug‘lardan ekilib, 1 mln  36 ming tup jumladan, 423 ming tup pomidor, 397 ming tup bodring, 216 ming tup bulg‘or qalampiri ko‘chatlari tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, joriy yilda bu yerda pomidor va bodring mahsulotlari ham yetishtiriladi. Tomorqadan mazkur ikkita yo'nalish bo‘yicha jami 518 mln so‘m sof foyda olinishi reja qilingan. Bozorboy Sobirovning xonadonidagi tajriba tumanda lider tadbirkorlar sonini oshirish uchun ham qo‘llaniladi. 

Shuningdek, 7 gektar maydonda tashkil etilayotgan zamonaviy agrokompleks bilan ham tanishildi.  Umumiy qiymati 20 mlrd so‘mni tashkil etuvchi loyiha ishga tushirilishi bilan 120 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.  Barpo etilgan issiqxonalar ishlash istagida bo‘lgan tadbirkorlarga 50 so‘tixgacha lizing asosida ajratib beriladi.

Manba

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.