Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Taʼlim krediti ajratilishi bo‘yicha oid ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

04.09.2025
5 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan joriy yilning 4-sentabr kuni Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida (TIFT) taʼlim krediti ajratilishiga bagʻishlangan Ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi.

Unda bank mutaxassislari, universitet rahbariyati, talabalar, abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB mamlakatimizda taʼlimni qoʻllab-quvvatlash va yoshlarning bilim olishiga koʻmaklashish borasida yetakchi moliya-muassasalaridan biri hisoblanadi. Jumladan, talabalarga taʼlim krediti ajratish orqali yoshlar kelajagiga muhim sarmoya kiritmoqda.

Xususan, bank tomonidan joriy yilning joriy yil 1-sentabrga qadar 22 988 nafar talabaning tahsil olishi uchun jami 220,3 mlrd soʻm kredit ajratildi. Yil yakuniga qadar yana kamida 60 mlrd soʻm kredit ajratish rejalashtirilgan.

Tadbirda mutaxassislar “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ajratilayotgan taʼlim krediti haqida batafsil maʼlumotlar berdi.

Mazkur kreditni olish uchun qarz oluvchi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Taʼlim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza topshirishi mumkin.

Bunda kredit summasi quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

- oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun bank tarmoqlari orqali toʻlov-kontrakt summasi miqdorida;

- oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun taʼlim kredit ajratishda ularning fanlarni oʻzlashtirish oʻrtacha koʻrsatkichi – GPA (grade point average) hisobga olinadi.

GPA “3” dan past boʻlsa, toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida taʼlim krediti ajratiladi.

GPA “3” va undan yuqori boʻlsa va (yoki) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning taʼlim olayotgan aʼzolari uchun ham taʼlim krediti toʻliq toʻlov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.

Kredit foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi miqdorida ajratiladi. Bunda Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, taʼlim krediti boʻyicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasaytiriladi, oshirilgan taqdirda esa foizlar oʻzgartirishsiz qoldiriladi.

Shuningdek, xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun ajratilgan taʼlim krediti boʻyicha hisoblangan foizlar Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBda bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida hamda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan talabalar, shuningdek oʻquv kurslarida tahsil olayotgan oʻquvchilar uchun “Taʼlim orzusi” mikroqarz maxsuloti joriy qilingan. Ushbu mikroqarz boʻyicha tegishli talablar asosida 2 mln soʻmdan 100 mln soʻmgacha mablagʻ ajratiladi.

Shuningdek, bugungi kunda “BRB mobile” ilovasi orqali masofadan turib taʼlim krediti ajratish sinovdan oʻtkazilmoqda.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB yoshlarimizning har tomonlama bilimli va raqobatbardosh kadrlar boʻlib voyaga yetishi uchun kelgusida ham shunday loyihalarni izchil davom ettiradi.

Bank Axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.