Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

22.10.2024
2 min

Bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari B.Bobojonov ishtirokida Navoiy viloyatining Konimex tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimligi mas’ulllari, bank hududiy boshqarmasi rahbari, mahalliy tadbrikorlar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda bugungi kunda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan, bank tomonidan taqdim etilayotgan zamonaviy xizmatlar haqida atroflicha ma'lumot berildi.

O‘z navbatida, tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan muammolarning yechimi bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.

Shuningdek, o‘z biznesini boshlayotgan yurtdoshlarimizga, xususan, yosh tadbirkorlarga "Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash" kompleks dasturi doirasida joriy qilingan moliyaviy instrumentlar tushuntirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida yaqinda joriy qilingan faktoring xizmatlari va ularning amaliy ahamiyati, foydalanish tartib-tamoyillari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Ishtirokchilar o‘z faoliyatlarini yanada kengaytirish bo‘yicha savollariga javob oldilar.

 

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.