Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Sport va jamoaviy ruh: BRB xodimlari “Bukhara Night Race”da

18.09.2025
3 min

2025-yil 13-sentabr kuni qadimiy va betakror Buxoro shahrida o‘tkazilgan navbatdagi “Bukhara Night Race” yugurish musobaqasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB xodimlari ham faol ishtirok etdi.

Mazkur sport tadbiri mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, aholining barcha qatlamlarini jismoniy faollikka chorlash va yoshlar hamda kattalarda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Musobaqada bank jamoasidan 25 nafar xodim qatnashib, o‘zlarining kuch va irodalarini sinovdan o‘tkazdilar. Ular nafaqat shaxsiy natijalarini yaxshilash, balki sport orqali jamoaviy birlik, o‘zaro do‘stlik va sog‘lom hayot qadriyatlarini targ‘ib qilish maqsadida ham maydonga chiqishdi.

Bank xodimlarining musobaqadagi faol ishtiroki ularning sportga bo‘lgan mehrini, sog‘lom hayotga intilishini hamda bir jamoa sifatida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va birdamlik ruhini yana bir bor namoyon etdi. Bu ishtirok — nafaqat sport bayrami, balki motivatsiya, jamoaviy birlik va sog‘lom hayot sari tashlangan navbatdagi muhim qadam bo‘lib xizmat qildi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda sport tadbirlarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Bank rahbariyati sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar salomatligini mustahkamlash hamda jamoaviy ruhni oshirishni o‘zining ijtimoiy mas’uliyatining muhim qismi sifatida belgilab olgan.

Kelgusida ham BRB jamoasi sport va sog‘lom hayotni qo‘llab-quvvatlash, xodimlarning jismoniy hamda ma’naviy rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratishda faol ishtirok etadi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.