Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Soft va Hard collection bo‘yicha trening o‘tkazildi

05.09.2025
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi asosida kichik biznesga kompleks xizmatlar ko‘rsatishda yetakchi o‘rin egallash, innovatsion yechimlarni joriy etish va yuqori samaradorlikka erishishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib belgilagan.

Mazkur strategiya doirasida Osiyo Taraqqiyot Banki bilan hamkorlikda “Kredit qarzdorliklarini Soft va Hard collection bosqichlarida undirish reglamenti”ni amaliyotga joriy etish yuzasidan o‘quv treninglari tashkil etildi.

Trening davomida xodimlarga:

· Soft va Hard collection bosqichlarida qarzdorliklarni undirish strategiyasi batafsil tushuntirildi;

· Soft collection bo‘limi mutaxassislariga mikro va kichik biznes segmenti mijozlari bilan ishlash tartibi o‘rgatildi.

Mazkur tadbir bankning kuchli korporativ madaniyatni shakllantirish, xodimlarning malakasini oshirish va mijozlar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.