Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

SKOLKOVO maktabi bilan hamkorlikda strategik sessiya tashkil etildi

05.10.2025
2 min

2025-yil 5-oktabr kuni bank o‘quv markazida Moskva boshqaruv maktabi “SKOLKOVO” bilan hamkorlikda “Strategik sessiya va bank tomonidan amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashni rivojlantirish dasturi” doirasida bir kunlik strategik sessiya bo‘lib o‘tdi.

Ushbu sessiyaning asosiy maqsadi – bank tizimida korporativ universitetni shakllantirish va uni samarali boshqarish bo‘yicha strategik yo‘nalishlarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida ishtirokchilar global moliyaviy institutlar tajribasiga tayangan holda o‘zgarishlar boshqaruvi, innovatsion yondashuvlar va zamonaviy kadrlar tayyorlash masalalarini atroflicha muhokama qilishdi.

Strategik sessiyada SKOLKOVO maktabi ekspertlari tomonidan transformatsiyani qo‘llab-quvvatlashning ilg‘or uslublari taqdim etildi, hamda bank rahbariyati va mas’ul xodimlar ishtirokida amaliy muhokamalar, guruhli ishlar va interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Mazkur hamkorlik bankning o‘z kadrlar salohiyatini rivojlantirish, bilim va ko‘nikmalarni zamonaviy talablar darajasida oshirishga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida, bankning umumiy strategik maqsadlariga erishishida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Bank Axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.