Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Shaxsiy maʼlumotlaringiz — xavfsizligingiz garovi!

13.01.2026
2 min

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar rivoji bilan bir qatorda kiberfiribgarlik holatlari ham ko‘payib bormoqda. Shu munosabat bilan “Biznesni rivojlantirish banki” ATB mijozlar va aholini kiberxavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishga chaqiradi.

Bank nomidan turli bahonalar bilan qo‘ng‘iroq qilish, SMS yoki messenjerlar orqali murojaat etib, parol, SMS-kod, bank kartasi raqami va PIN-kod kabi maʼlumotlarni so‘rash — firibgarlarning eng keng tarqalgan usullaridan biridir.

Eslatib o‘tamiz:

  • Bank xodimlari hech qachon telefon orqali yoki yozma shaklda shaxsiy maʼlumotlaringizni so‘ramaydi;

  • Parol, SMS-kod va karta maʼlumotlari faqat sizning shaxsiy foydalanishingiz uchundir;

  • Shubhali murojaatlarga ishonmang va havolalarga kirmang.

“Kiberxavfsizlik — har bir fuqaroning shaxsiy masʼuliyati” tamoyilidan kelib chiqib, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB mijozlarni hushyorlikka chaqiradi va firibgarlik holatlarining oldini olish uchun ogoh bo‘lish muhimligini taʼkidlaydi.

Shubhali holatlarga duch kelgan taqdirda, darhol bankning rasmiy aloqa kanallari orqali murojaat qilishingiz so‘raladi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB — xavfsiz va ishonchli moliyaviy hamkoringiz.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.