Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

“Shaxmat bo‘yicha BRB Kubogi – 2025” o‘tkazildi

18.02.2025
3 min

#BRB_Shaxmat_2025

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB xodimlari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “Shaxmat bo‘yicha BRB kubogi – 2025” musobaqasining respublika final bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-sonli Qarorida aholining shaxmat bilan shug‘ullanishga qiziqishini oshirish, uni ommaviylashtirish, bu borada tashkilotlarda shaxmat bo‘yicha musobaqalarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

Mazkur qaror ijrosi doirasida xodimlarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga ko‘maklashish maqsadida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB xodimlari o‘rtasida ikki bosqichli “Shaxmat bo‘yicha BRB kubogi – 2025” musobaqasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi binosida yuqori saviyada tashkil etilgan final bosqichida xodimlar 1-, 2- va 3-o‘rinlar hamda “Gran pri” uchun bahs olib bordi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z intellektual salohiyatini namoyon etib, strategik fikrlash va tezkor qaror qabul qilish borasida kurash olib bordi. Turnirdagi qizg‘in bahslar va taʼsirli o‘yinlar barcha ishtirokchilar uchun esda qolarli bo‘ldi. Mazkur turnir xodimlar tafakkuri, intellekti, fikrlash doirasini kengaytirish, faoliyat samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Turnir yakuniga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, bo’lim boshlig’i Suleymanov Farrux Farxodovich I o‘rin va GRAN PRI sohibi bo‘ldi. II o‘rin Kreditlarni boshqarish departamenti Boshqarma boshlig‘i Mamayev Zafarjon Jabborovichga, III o‘rin esa Risk menejmenti, Risk bosh direktori Xakimov Durbek Sadullayevichga nasib etdi.

Ayollar o‘rtasida I o‘rinni Innovatsion va raqamli texnologiyalar departamenti 1-toifali mutaxassisi Mahmudova Dilnoza Avaz qizi egalladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Akilbekova Ыgbal Sultamuratovna II o‘rinni, Jizzax BXO bosh mutaxassisi Nurmatova Zaxira Fayzullaevna III o‘rinni egalladi.

Musobaqa yakunida g‘oliblar tashkilotchilarning qimmatbaho esdalik sovg‘alari blan taqdirlandi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.