Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Samarqandda “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

02.12.2025
2 min

“9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish” kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan Samarqand shahrida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.

Three men in suits sit at a wooden table in front of a screen displaying "Biznesni Rivojlantirish Bank" and "OCHIQ ESKR KUNI", with a projector screen to the right.Unda bank Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov,  Samarqand  hududiy boshqarmasi boshligʻi Otabek Poʻlatov, Komplayens nazorat departamenti menejeri Dilshod Samiyevlar soʻzga chiqib, bank tizimida korrupsiyani oldini olish  borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berishdi.

A group of men in dark jackets and light shirts sit in blue chairs, facing forward in a room with light-colored walls and blinds on the windows.Tadbir davomida Samarqand viloyat prokuraturasi boʻlim prokurori Jafar Sharopov korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga jazo muqarrarligi haqida toʻxtalib, respublika bank tizimida korrupsiyaga oid uchrayotgan salbiy holatlar  haqida soʻzlab berdi.

Three men in suits and ties sit at a wooden table with papers and water bottles, facing a screen displaying text.“Ochiq eshiklar kuni” tadbirida bankning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi tashqi auditdan oʻtkazilib, ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiq deb topilgani maʼlum qilindi.

A man in a suit speaks at a podium while three others sit at a table in a conference room with a projector screen and wall-mounted sign.Shuningdek, 24/7 rejimda faoliyat yuritayotgan mavjud aloqa kanallari orqali korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha xabar berish tartibi haqida ham taqdimot oʻtkazildi.

Maʼruzalarda raqamli xizmatlarning tatbiq etilishi natijasida bankda inson omili va korrupsiya xavfi darajasi kamayib borayotgani ham taʼkidlandi.

A man in a dark jacket and cap stands at the front of a blue-cushioned auditorium, facing an audience seated in rows of blue chairs.Xususan, bugungi kunda kredit berish avtomatlashtirilgan anderrayting tizimi orqali amalga oshirilmoqda. Bank kartasiga ariza berish, pul oʻtkazmalari, valyuta ayirboshlash va boshqa koʻplab xizmatlar mobil ilova orqali onlayn tarzda yoʻlga qoʻyilgan.

A beige building with arched windows and a sign reading "Biznesni Rivojlantirish Bank" stands under a clear blue sky, with three people near the entrance.Tadbirda korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashish boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.