Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Samarqandda mahalla bankirlari uchun teambuilding tashkil etildi

29.07.2025
2 min

Bugun, 29-iyul kuni "Biznesni rivojlantirish banki" ATB tomonidan Samarqand shahrida mahalla bankirlari va yordamchi agentlar uchun navbatdagi teambuilding muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Unda Samarqand va Kattaqoʻrgʻon shaharlari hamda Qoʻshrabot tumanida faoliyat olib borayotgan 23 nafar mahalla bankiri va ularning 70 nafar yordamchi agentlari ishtirok etdi.

Tadbirda Markaziy bank mutaxassislari ham bevosita ishtirok etib, oʻz tavsiyalari va koʻrsatmalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Shuningdek, tadbir doirasida “Mening biznesim” va “Mening buyurtmam” mobil ilovalari taqdimoti oʻtkazildi. Ushbu innovatsion ilovalarning aholi bandligini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Mahalla bankirlari va yordamchi agentlar bir-biridan qiziqarli jamoaviy oʻyinlar, motivatsion mashgʻulotlarda har bir topshiriq yoki vazifalarni quvnoqlik va zukkolik bilan bajarib, gʻoliblik uchun doʻstona bahs olib bordi.

Shartlarni bajarish davomida ishtirokchilar bir-birlarini yaqindan kashf etdi va oʻz faoliyatlari davomida orttirgan samarali tajribalari bilan boʻlishdi.

Aholi va mijozlar bilan ishlash, aniq maqsadlar qoʻyish va unga erishish, birgalikda harakat qilish, jamoaviy ruhiyatni shakllantirishga qaratilgan amaliy mashgʻulotlarda orttirilgan yangi bilim va ko‘nikmalar ishtirokchilarning kelgusidagi faoliyati uchun muhim saboq bo‘ldi.

Tadbir so‘ngida mahallasida yaxshi koʻrsatkichlarga erishib kelayotgan namunali mahalla bankirlari va yordamchi agentlarga maxsus diplom va esdalik sovgʻalar topshirildi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.