Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Samarqand BXO xodimlari “Milliy libos — millat g‘ururi” chellenjida ishtirok etdi

30.05.2025
2 min

Milliy liboslar nafaqat kiyim-kechak emas, balki uzoq asrlar davomida shakllangan madaniyatimiz, an’analarimiz va xalqimizning qalbidagi g‘urur timsolidir. Har bir naqsh, har bir rang o‘ziga xos ma’no va tarixiy mazmunni ifodalaydi.

Shu boisdan “Biznesni rivojlantirish banki” “Milliy libos — millat g‘ururi” chellenjini davom ettirmoqda.

Bugungi bekatimiz "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Samarqand bank xizmatlari ofisi. Bu yerda ham xodimlarimiz milliy liboslarda ishtirok etib, o‘zlarining millatga bo‘lgan sadoqatlarini ko‘rsatmoqdalar.

Ushbu tashabbus milliy merosimizni asrash, yosh avlodda milliy g‘urur va vatandoshlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, shuningdek, jamoa aʼzolari o‘rtasida maʼnaviy muhitni yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan.

Chellenj doirasida ishtirokchilar milliy liboslarda suratga tushib, o‘zlarining madaniyatimizga bo‘lgan hurmatini namoyon qilmoqdalar. Bu nafaqat milliy qadriyatlarimizni yuksaltirishga, balki jamoamizda birlashuv va hamjihatlik ruhini oshirishga xizmat qiladi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.