Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Rasmiy bayonot

02.12.2025
2 min

Bugungi kunda ATB "Biznesni rivojlantirish banki" tomonidan bir nechta davlat dasturlari doirasida aholini tadbirkorlikka jalb qilish, tadbirkorlikni kengaytirish va shu orqali qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish, aholi real daromadlarini oshirish maqsadida imtiyozli kreditlar ajratib kelinmoqda.

Biroq, afsuski ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi monitoring qilinganda, mijozlarimizga ayrim nopok tovar yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan uskunalar yetkazib berilmayotganligi, bir nechta ta’minotchi korxonalarga norasmiy rahbarlik qilib, mijozlarga kredit olib berish kabi takliflarni berib kelayotgan firibgarlik holatlari ham uchramoqda. Bu esa oʻz navbatida kreditlarning muddatida qaytarilmasligi va maqsadsiz ishlatilishi kabi huquqiy oqibatlar bilan birgalikda, belgilangan risk meʼyorlarini oshishiga olib kelmoqda. Shu sababli bank risk meʼyorlarini boshqarish maqsadida, ayrim holatlarda aktiv amaliyotlarni, jumladan kreditlash amaliyotlarini vaqtincha toʻxtatib turish choralarini qoʻllaydi.

Shuningdek, aniqlangan firibgarlik va kreditlarning maqsadsiz ishlatilish holatlariga huquqiy baho berish maqsadida tegishli huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarga murojaat qilingan. Hurmatli mijozlar kredit olib berishni vada qiluvchi har xil firibgarlik holatlaridan ehtiyot boʻlishingizni, har qanday firibgarlik, manfaatlar toʻqnashuv yoki korrupsiya holatlariga guvoh boʻlsangiz bankning 24/7 rejimida ishlovchi quyidagi ishonch liniyalariga murojaat qilishingizni soʻrab qolamiz.

📞(78) 150-59-95

🌐 brb.uz

📱 @BRB_Antikor_bot

📡Facebook

✉️antikor@brb.uz

Komplaens nazorat departamenti

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.