Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Navbatdagi matbuot anjumani raqamli xizmatlarga bag‘ishlandi

17.06.2025
5 min

2025-yil 17 iyun kuni Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “Raqamli mijozlar sonini oshirish: natijalar va rejalar” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Qayd etildiki, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB aholiga xizmatlar koʻrsatishni rivojlantirish, unda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda bank xizmatlarining yangi turlarini joriy etishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.

Xususan, bankning strategiyasida 2026-yilning oxiriga qadar “BRB Mobile” mobil ilovasi foydalanuvchilari sonini 1 million nafarga yetkazish vazifasi belgilangan. Hozirgi kunda ilovada roʻyxatdan oʻtgan mijozlar soni 546 ming nafardan oshgan. Mazkur maqsadga 2025-yil oxiriga qadar erishgan holda, 2026-yil oxirida foydalanuvchilar sonini 1,6 million nafardan oshirish koʻzda tutilmoqda.

Oʻtgan yilning dastlabki 5 oyida mobil ilovadan roʻyxatdan oʻtgan yangi mijozlar soni 42 ming nafarni tashkil qilgan boʻlsa, joriy yilning yanvar-may oylarida mazkur koʻrsatkich 210 ming nafarga yetkazildi. Bu natijaning oʻzi ham bankning raqamli mijozlari soni shiddat bilan oʻsib borayotganidan dalolat beradi.

Mobil ilova orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar hamda sotuvlar boʻyicha: joriy yilning dastlabki 5 oyi davomida 2,3 millionga yaqin toʻlov tranzaksiyalari amalga oshirilgan boʻlsa, oʻtgan yilning mos davrida mazkur koʻrsatkich 2 milliontaga ham yetmagan (1,9 mln) edi. Kredit hamda bank kartasi olish uchun taqdim qilingan arizalar soni esa 66 mingtadan ortiq boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 7,3 barobarga oshgan.

“BRB Mobile” ilovasining barqaror ishlashini taʼminlash va uning funksionalligini yanada yaxshilash maqsadida doimiy ravishda oʻzgarish va yangiliklar kiritib borilmoqda.

Jumladan, hozirga qadar 33 ta loyiha masʼul departament tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Onlayn avto va taʼlim kreditlari, overdraft, bank kartasiga buyurtma berish kabi xizmatlar shular jumlasidandir. Hozirda esa mikroservislar, onlayn sugʻurta, “BRB NEO” va VISA-soʻm singari 8 ta loyiha ustida ish olib borilmoqda.

Bugungi kunda raqamli mijozlarning asosiy xavotiri – bu mobil ilovadan foydalanishda yetarli darajada xavfsizlik choralarining taʼminlanganligidir. Shu sababli mamlakatimizda birinchi boʻlib “BRB Mobile” ilovasida ilgʻor “Session antifraud” tizimi joriy yetildi. Tizim foydalanuvchi ilovaga kirgan zahoti ishga tushadi va sunʼiy intellekt asosida qurilmadagi shubhali ilovalar hamda zararli dasturlarni aniqlaydi, mijoz profiliga nechta qurilma orqali kirilayotganini tahlil qiladi va xavf darajasini ballar asosida baholaydi (masalan, 60 ball — oʻrta xavf, 90 ball — yuqori xavf). Xavfli holat aniqlangan taqdirda, mijozning profili avtomatik tarzda vaqtincha bloklanadi.

Shu bilan birga, bankning xizmat koʻrsatish ofislarida taqdim qilinayotgan jami 52 turdagi bank xizmatlarining 43 tasi yoki 83 foizi raqamlashtirildi, yaʼni mijozlar mazkur xizmatlardan bank binosiga tashrif buyurmasdan mobil ilova orqali foydalanishi uchun imkoniyat yaratildi.

Bundan tashqari, bankning yuridik mijozlari masofaviy operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun moʻljallangan “BRB Internet banking” onlayn sahifasi (web)da roʻyxatdan oʻtgan mijozlar soni joriy yilning 1-iyun holatiga 33 ming nafarni tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 47 foizga oʻsgan. Ish haqi loyihalari soni esa 34 foizga koʻpaygan. Yuridik mijozlarning oʻtgan 5 oylik davomidagi oʻtkazmalari soni esa 1,9 milliontani tashkil qilib jami 32,7 trillion soʻmlik tranzaksiyalar amalga oshirilgan.

Matbuot anjumanida jurnalistlar mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldilar.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.