Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Rais va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

30.06.2025
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi Saxi Annakilichev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan tizimdagi yosh xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Yoshlarning fikrlarini tinglash, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarining yangicha g‘oyalari, takliflari va muammolari bilan o‘rtoqlashdi.

Ochiq va samimiy muloqot davomida S.Annakilichev yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ta’kidladi.  Shuningdek, yoshlarni har tomonlama rag‘batlantirish va ular uchun qulay ish muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratayotganini ma’lum qildi.

Har bir yosh xodimning fikri muhimligi, ularning innovatsion g‘oyalari bank faoliyatini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi. Uchrashuvda bunday samimiy muloqotlar kelgusida ham davom ettirilishi va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida Bank boshqaruvi raisi nomidan tizimda o‘z mehnati va faolligi bilan tengqurlariga namuna bo‘layotgan yosh xodimlarning ota-onasiga tashakkurnoma hamda Toshkent viloyatining tog‘ yon-bag‘rida joylashgan so‘lim go‘shalaridagi dam olish maskanlariga sertifikatlar berildi.

Bu tadbir yoshlarning bank tizimidagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi hamda ularning professional rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilganligini ko‘rsatadi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.