Qurilish sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2025-yil 16 may kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan iborat bank mijozlari uchun bir qator yangi loyiha va xizmatlarning taqdimot marosimi oʻtkazildi.
Unda bank Boshqaruvi rahbariyati, tarkibiy tuzilmalar masʼul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda qayd etildiki, bank sektorida soʻnggi yillarda hayotga tatbiq etilayotgan tizimli islohotlar natijasida eng avvalo mijozlar zamonaviy bank xizmatlaridan bahramand boʻlishmoqda. Banklar tomonidan jozibali, qulay va tezkor xizmatlar taklif etilishi kuchli raqobat muhitini shakllantirmoqda.
“Biznesni rivojlantirish banki” “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturining asosiy tayanch banki sifatida biznesni qoʻllab-quvvatlashga, xususan, qurilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga intilmoqda.
Dastlab tadbirkorlar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari, faollar oldida qurilish sohasida faktoring xizmatlari afzalliklari va uni rivojlantirish istiqbollariga oid maʼlumotlar taqdim etildi.
Jumladan, tadbirkorlarning aylanma mablagʻlar bilan taʼminlanishida Faktoring moliyaviy intrumentining ahamiyati haqida bankning Kichik biznes departamenti tomonidan taqdimot oʻtkazildi.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustda qabul qilingan PF-109 sonli “Faktoring xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining turmush tarzini yaxshilash, yangi ish oʻrinlarini yaratishga xizmat qilmoqda. Farmon ijrosi doirasida tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish, kichik va oʻrta biznes subyektlari faoliyati uzluksizligini taʼminlash, imkoniyatlarini oshirish maqsadida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan faktoring xizmati yoʻlga qoʻyilgan.
Faktoring – xoʻjalik yurutuvchi subyektlar (yetkazib beruvchilar)ni moliyalashtirishga doir bank xizmatlaridan biri boʻlib, bunda ular bank (moliya agenti)ga yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki xizmatlar uchun toʻlovchilar tomonidan akseptlangan, lekin toʻlov talabnomalari boʻyicha toʻlov qilinmagan toʻlovni, regress huquqisiz olish huquqi”.
Ishtirokchilarga tadbirkorlar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlarda faktoring xizmatidan foydalanish shartlari va ahamiyati xususida batafsil maʼlumot berildi. Jumladan, tovar yoki koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovni anʼanaviy hamda faktoring instrumenti orqali amalga oshirishning farqlari misollar asosida koʻrsatib berildi.
Soʻzga chiqqanlar faktoring biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qulay vositasi ekanini bildirishdi. . Masalan, yetkazib beruvchi mijozga xizmat yoki tovar yetkazdi, ammo hali toʻlov qilinmagan. Bu vaziyatda bank yoki faktoring kompaniyalari yordamga keladi. Ular qarzning (kamida 80-90 foizini) toʻlab beradilar, mijoz esa keyinchalik belgilangan muddatda qarzni bankka qaytaradi. Bunda 2.5 foizdan 10 foizgacha boʻlgan diskont, yaʼni bank tomonidan moliyalashtirilgan summa bilan shartnoma boʻyicha toʻlov talabnomasi summasi oʻrtasidagi farq bank hisobida boʻladi.
Mazkur xizmatdan budjet tashkilotlar va jismoniy shaxslar, zararga kirgan korxonalar foydalana olmaydilar.Ushbu xizmat bir kalendar yilida 1 milliard soʻmdan 100 milliard va undan koʻp daromad qiluvchi tadbirkorlik subyektlariga qisqa muddat – 120 kundan 12 oyga qadar koʻrsatiladi. Faktoring mablagʻi miqdori toʻlovchi (debitor)ning jami 12 oydagi daromadining 15 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda beriladi. Bunda kichik subyektlar uchun 1 milliard soʻmgacha, oʻrta biznes subyektlari uchun 5 milliard soʻmgacha, korporativ biznes subyektlari uchun 10 milliard soʻmgacha etib belgilangan.
Spikerlar taqdimotlar orqali faktoring xizmatining qulayliklari, kredit xizmatidan farqlari haqida ham batafsil tushuntirish berishdi.
Shu bilan birga, Elektron platforma orqali faktoring xizmatlarini koʻrsatish shartlari ham tushuntirib oʻtildi. Oʻz navbatida, Faktoring amaliyotlarini raqamlashtirishning afzalliklari haqida ham alohida maʼruza qilindi.
Tadbir doirasida bank tomonidan koʻrsatilgan moliyaviy xizmatlar natijasida oʻz faoliyatini kengaytirgan mijozlar bilan muloqot ham boʻlib oʻtdi. Unda tadbirkorlar tomonidan oʻtgan davr mobaynida bank moliyaviy koʻmagida amalga oshirilgan loyihalar va ularning aholi bandligini taʼminlashdagi ahamiyati xususida atroflicha fikr almashildi.
Tadbirning yana bir ahamiyatli qismi bu bank tomonidan xizmat koʻrsatilishi yoki moliyalashtirilishi kutilayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan ham davra suhbati oʻtkazilgani boʻldi.
Suhbat davomida mijozlarga loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha mavjud xizmatlar taklif etildi. Taqdimot va xizmatlar yuzasidan tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga bank masʼul xodimlaridan javob oldilar.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Korrupsiyaga nisbatan “mutlaq murosasizlik” shakllanmoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.