Qishloq xo‘jaligi vakillari bilan uchrashuv
2025-yil 18-fevral kuni "Biznesni rivojlantirish banki" ATB delegatsiyasi, Bekobod tuman hokim yordamchilari, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi huzuridagi Respublika agroxizmatlar markazi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Bekobod tumani Farhod, Beshyuz, Bog`ishamol hamda Mallaboy MFYlarda joylashgan tomorqa yer egalari, dehqon xo‘jaliklari, eksportchilari hamda lider tadbirkorlari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va eksportni qo‘llab-quvvatlash, xususan, onlayn platforma orqali mahsulot savdosi, subsidiyalar, imtiyozli kreditlar va mutaxassis maslahatlari bo‘yicha fikr-mulohazalar o‘rganildi.
🔹 Ustuvor maqsadlar:
Online platforma orqali tomorqa yer egalari, dehqon xo‘jaliklari hamda eksportchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish – ularning muammolarini va takliflarini o‘rganish.
Tomorqa yer egalari hamda dehqon xo‘jaliklari online platforma orqali mahsulotlari uchun urug‘, ko‘chat va dori vositalarini xarid qilish imkoniyatini yaratish.
Yetishtirilgan mahsulotlarni online savdoga qo‘yish hamda platforma orqali logistika xizmatlaridan foydalanish.
Online platforma orqali tomorqa yer egalari hamda dehqon xo‘jaliklari bilan xaridorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo jarayonlarini mexanizmini joriy etish.
Tomorqa yer egalari hamda dehqon xo‘jaliklari subsidiya va soliq imtiyozlarini olish imkoniyatini yaratish.
Dehqon xo‘jaliklariga online platformada maxsus bank kartasini ochish orqali yetishtiradigan mahsulotining 70% gacha miqdorda imtiyozli online kredit ajratish.
Online maslahat va zarur ma'lumotlarni olish imkoniyati – tajribali mutaxassislar tomonidan ko‘mak va yo‘riqnoma.
Bizning ustuvor maqsadimiz — tomorqa yer egalari, dehqon xo‘jaliklari, eksportchilari hamda lider tadbirkorlar faoliyatini innovatsiyalar orqali raqamlashtirish, rivojlantirish, eksportni qo‘llab-quvvatlash va biznes uchun barqaror yechimlar yaratishdan iboratdir.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.