Qashqadaryoda tanlov g‘oliblari taqdirlandi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB va O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.
2024-yil 7-avgust kuni Qarshi shahrida ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tanlovning viloyat bosqichida tuman va shaharlardan jami 22 nafar tadbirkorlik subyektlari o‘zlarining biznes loyihalari bilan qatnashdi. Ular orasidan belgilangan baholash mezonlari asosida 1, 2, va 3-o‘rinlarga munosiblar aniqlandi.
“Saxovat-1998” mas’uliyati cheklangan jamiyati1-o‘rinni;
“Leaders Jalolovich F and F” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2-o‘rinni;
“Muhandis stroy tamir” mas’uliyati cheklangan jamiyati 3-o‘rinni qo‘lga kiritib sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Diqqat, Matbuot anjumani!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.