Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Prezident Yangi taraqqiyot banki bilan sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi

09.06.2025
2 min

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi.

Ushbu ko‘p tomonlama moliyaviy institut bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘tgan yil oktabr oyidagi BRIKS sammiti doirasida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Xususan, bankning Boshqaruvchilar kengashi tomonidan O‘zbekiston Yangi taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishiga prinsipial rozilik berildi. Umumiy qiymati 5 milliard dollarlik birinchi navbatdagi qo‘shma loyihalar dasturi shakllantirildi.

Davlatimiz rahbari irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, tog‘-kon sanoatini rivojlantirish, xususiy sektorni moliyalashtirish, ta’lim va infratuzilma sohalarida davlat-xususiy sheriklikni ilgari surish kabi ustuvor yo‘nalishlarda loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalari qo‘llab-quvvatlandi.

President.uz

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.