Press-tur: OAV vakillari Toshkent viloyatidagi loyihalar bilan tanishdi
Joriy yilning 20-iyun kuni "Biznesni rivojlantirish banki" ATB tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bilan tanishish maqsadida Toshkent viloyatiga press-tur tashkil qilindi.
Unda respublikamizning markaziy OAV va yetakchi internet nashrlari vakillari Davlatimiz rahbarining aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish, yangi ish oʻrinlari yaratish orqali aholi daromadlarini oshirish yoʻnalishida yangicha yondashuvlar joriy etilishiga oid tashabbus va topshiriqlari ijrosi yuzasidan Toshkent viloyatida bank moliyaviy koʻmagida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar natijalari hamda “Mahalla bankirlari” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan bevosita tanishdi.
Ishtirkochilar dastlab “Bisnesni rivojlantirish banki” ATBning zamonaviy texnologiyalar asosida xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan Yangiyoʻl Bank xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi. Ishtirokchilar bu yerda mijozlarga koʻrsatilayotgan tezkor va sifatli bank xizmatlariga guvoh boʻldi.
Xozirgi kunda Toshkent viloyati Biznesni rivojlantirish bankida 68 636 nafar jismoniy shaxs mijozga ega. Shundan; 28 413 ta plastik kartochka ochgan, 9 123 ta omonatchi va 31 100 ta kredit olgan va boshqa mijozlar tashkil etadi. Mikro, kichik va oʻrta biznes aktiv mijozlar soni 4 851 tani tashkil etmoqda.
Shuningdek, viloyatda Biznesni rivojlantirish bankiga 67 ta mahalla biriktirilgan. Ularda 24 ta mahalla bankiri va 67 mahalla agenti faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Joriy yilning oʻtgan davrida mahalla bankirlari va agentlari tomonidan 13 984 ta mikroloyiha amalga oshirilib, 329,9 mlrd soʻm kredit ajratilgan va 28 629 ta ish oʻrni yaratilgan.
Jumladan, mahalla bankiri va mahalla agentlari koʻmagi bilan Yangiyoʻl shahridagi kichik sanoat hududida joylashgan “WELLTEX” MCHJ tomonidan tashkil etilgan tekstil-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasiga bankimiz tomonidan 540 mln soʻm faktoring xizmatlari va PQ-312-sonli qaror boʻyicha 100 mln soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan. Buning natijasida 30 nafar fuqaroning bandligi taʼminlangan.
Umumiy loyiha qiymati 800 mln soʻm boʻlgan mazkur korxonaga 450 mln soʻm bank krediti ajratilgan. Korxona yiliga 1 mln dona kiyim kechak ishlab chiqarish quvvatiga ega.
“WELLTEX” MCHJ tomonidan 2023-yilda 300 ming Rossiya rubli, 2024-yilda 500 ming rubl qiymatidagi mahsulotlar MDH davlatlariga eksport qilindi.
Bundan tashqari, ushbu hududdagi un ishlab chiqarish zavodi – “MR-FLOUR” MCHJ ham bankimiz mijozi hisoblanadi. Korxona mahsulotlari chet elga ham eksport qilinmoqda. Mahalla bankiri va agenti yordami bilan korxonada tumandagi 30 nafar fuqaroning bandligi taʼminlangan.
“MRFLOUR” MCHJning ishlab chiqarish faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida Bugʻdoy (Donli ekinlar) olish uchun bank tomonidan 500 ming AQSH dollari miqdorida kredit ajratilgan.
Press-tur davomida OAV vakillari mazkur korxonalar faoliyat ibilan yaqindan tanishdi.
Press-turning yana bir manzili bank hamkorligida ochilgan “Tomorqa maktabi” va “Yangiyoʻl – Agrostar” ixtisoslashgan kompaniyasi boʻldi.
OAV vakillari ushbu manzilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining milliy brendini yaratish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar oldi.
Xususan, “Tomorqa maktabi”da tomorqa yer egalari, dehqon va fermer xoʻjaliklari vakillarining har bir guruhi uchun haftada 4 kun oʻquv mashgʻulotlari tashkil etiladi. Jarayonlar tajribali professor-oʻqituvchilar tomonidan olib boriladi.
Shuningdek, turkiyalik malakali, oliy toifali agronom Chengiz Yalchin hamda fransiyalik mutaxassis, “Experto consulting” kompaniyasi eksperti Stanislas Enrion bilan ham yaqin hamkorlik oʻrnatilgan.
Hozirgi kunga qadar bu yerda 80 ga yaqin tomorqa yer egalari, dehqon va fermer xoʻjaliklari vakillari oʻqitildi. Yil yakuniga qadar bu koʻrsatkichni 600 taga yetkazish reja qilingan.
Press-tur ishtirokchilari kunning ikkinchi yarmida Ohangaron shahridagi mahalla bankirlari faoliyati bilan tanishdi.
Xususan, “Shodlik” MFY dagi YATT “DAVLETYAROV TAXIR” va “Yangiobod” MFY dagi “PANDA MANTI” umumiy ovqatlanish shoxobchasi tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar haqida maʼlumot berildi.
Ushbu tadbirkorlik subyektlarining har biriga bank tomonidan 60 mln soʻmdan kredit mablagʻlari ajrartilgan. Hozirda ularinng faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.
Jurnalistlar bank mijozlari uchun sharoitar bilan bevosita tanishish jarayonida ulardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.
Press-tur davomida jurnalistlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga “Biznesni rivojlantirish banki” ATB qoʻshayotgan amaliy hissa, tatbiq qilinayotgan loyihalar hisobiga yaratilayotgan qoʻshimcha daromad manbalari va ish oʻrinlari boʻyicha erishilayotgan natijalarning bevosita guvohi boʻldi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Milliy libos chellenjini jizzaxlik hamkasblarimiz davom ettirdi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.