Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Press-tur: OAV vakillari Qashqadaryodagi investitsion loyihalar amaliy natijalari bilan tanishdi

25.10.2024
8 min

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyunda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori talablaridan kelib chiqib, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimida ochiqlik va axborot siyosatini amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.

Bank tomonidan Qashqadaryo viloyatiga tashkil qilingan Press-tur ham ana shunday sa’y-harakatlarning sirasiga kiradi. Mazkur tadbir viloyatda bank moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarning amaliy natijalari bilan tanishish maqsadida tashkil etildi.

Ayni paytda Qashqadaryo viloyatida “Bisnesni rivojlantirish banki” ATBning 1 ta Bank xizmatlari ofisi, 2 ta Bank xizmatlari ko‘rsatish markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, 5 ta valyuta ayirboshlash shoxobchasi mavjud bo‘lib, ular orqali viloyatda jami  50 900 nafar  jismoniy hamda  1 153 nafar yuridik shaxs hamda 351 ta YaTTga sifatli bank xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

Ishtirokchilar Qashqadaryo viloyatida bank moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.

Dastlabki manzil Yakkabog‘ tumanidagi “INVEST FINANS GOLD MEGA MALL”  MCHJ bo‘ldi. Bu yerda jurnalistlar “Biznesni rivojlantirish banki” ATB mijozi tomonidan savdo kompleksni jihozlash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish loyihasi bilan tanishdilar.

Mazkur loyiha uchun bank tomonidan PQ-306-sonli Qaror doirasida 2 mlrd so‘m miqdorida kredit ajratilgan. Ushbu mablag‘lar hisobidan 25 ta ish o‘rni yaratilgan. Jurnalistlar bu yerdagi sharoitar bilan bevosita tanishdilar hamda tadbirkor bilan suhbatda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 2,9 mlrd so‘mni tashkil qiladi va kelgusida xizmat ko‘rsatish sifati va sonini oshirib borish evaziga yangi qo‘shimcha ish o‘rinlarini ochish maqsad qilingan.

Shundan so‘ng, OAV vakillari uchun “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning yana bir mijozi “Jajji olmaschalar” NTM ga olib borildi.

Mazkur tadbirkorlik subyekti tomonidan Yakkabog‘ tumani, “Xo‘jailg‘or” MFY, Xo‘jailg‘or ko‘chasi  12-uyda nodavlat ta’lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu loyihani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, tadbirkorga bank tomonidan PQ-306-sonli Qaror doirasida 500 mln so‘m kredit ajratilgan.

Mazkur kredit mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha bog‘cha binosi qurilgan va jihozlangan. Asosiysi, 23 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 800 mln so‘mni tashkil etadi.

Press tur dasturiga muvofiq, keyingi manzil Yakkabog‘ tumanidagi “Chumich”  MFY  hududida joylashgan “ShAXBOZBEK LIDER” MCHJ tomonidan tibbiy uskunalar sotib olish va tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan xususiy klinika bo‘ldi.

Bu maskanni jihozlash va tibbiy uskunalar olib kelish uchun bank tomonidan 405 330 AQSh dollariga teng kredit ajratilgan.

Klinikada ayni paytda 13 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan.

Press turning ikkinchi kuni Qarshi BXO faoliyati bilan tanishishdan boshlandi. Bu yerda jurnalistlarga viloyatdagi bank tuzilmalari erishayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, joriy qilinayotgan yangi xizmatlar va mijozlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan atroflicha tanishildi. Ko‘rilayotgan choralar natijasida xizmatlar ko‘lami kengayib, bank mijozlari soni mutassil oshib borayotgani qayd etildi.

Shundan so‘ng viloyatning Qarshi shahri va tumanidagi loyihalar bilan ham tanishildi.

Dastlab, Qarshi shahrining “Temiryo‘lchi” MFY hududida joylashgan va yog‘ochdan turli buyumlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “NEW CLASS MEBEL” MChJ faoliyati bilan tanishildi.

Ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1,8 mlrd so‘m kredit ajratilgan va 22 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Bu yerda yaratilgan shartsharoitlar va jarayonlarni OAV vakillari o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, xodimlar, korxona rahbari va mijozlar bilan suhbat qilishdi.

Keyingi manzil Qarshi tumanining “Dasht” MFY hududida joylashgan “MUHAMMAD-NUR” MCHJ bo‘ldi.

Bolalar uchun yumshoq o‘yinchoqlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan loyiha umumiy qiymati 150 mln so‘m. bo‘lib, shundan 100 mln so‘mi PQ-306-sonli Qaror doirasida ajratilgan. Natijada, jami 14 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Press tur dasturidagi so‘nggi manzil ham shu hududni o‘zida joylashgan “GRAND AVTO CHEXOL” oilaviy korxonasi bo‘ldi.

Ushbu maskanda avtomobillarga chixolishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. Uning umumiy qiymati 150 mln so‘m bo‘lib, shundan 100 mln so‘mi PQ-306-sonli Qaror doirasida ajratilgan. Natijada 12 ta yangi ish o‘rini yaratilgan.

Umuman olganda, Press tur doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori doirasida aholi bandligini ta’minlash, mahallalar obodligi va yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.

Press tur davomida jurnalistlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga “Biznesni rivojlantirish banki” ATB qo‘shayotgan amaliy hissa, tatbiq qilinayotgan loyihalar hisobiga yaratilayotgan qo‘shimcha daromad manbalari va ish o‘rinlari bo‘yicha erishilayotgan salmoqli natijalarning bevosita guvohi bo‘ldilar.

 Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.