Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

“O‘zgarishlar ambassadorlari” uchun seminar o‘tkazildi

19.09.2025
2 min

2025-yil 19-sentabr kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “Loyihalar va o‘zgarishlarni boshqarish – barqaror boshqaruv tuzilmasini yaratish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Bank va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida tashkil etilgan “Loyihalar va o‘zgarishlarni boshqarish” loyihasi doirasida o‘tkazilgan mazkur tadbirda bank Boshqaruvi rahbariyati, Osiyo taraqqiyot banki mutaxassisi Endryu MakKartni hamda konsultant Masha Malka, o‘zgarishlar ambassadorlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘zgarishlar ambassadorlari hamkasblarni ilhomlantirish va birlashtirish mas’uliyatini zimmasiga olgan yetakchilar ekanligini ular Biznesni rivojlantirish bankining qadriyatlari va intilishlari timsoli ekanligini ta’kidladi.

Seminar-treningda ishtirokchilar jamoaviy ishlash, uzoq muddatli qarashlarning ahamiyati, liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi mavzularda ma’ruzalar tingladilar hamda jamoaviy interaktiv o‘yinlarda qatnashdi.

Ushbu tadbir nafaqat bank xodimlari uchun yangi bilim va ko‘nikmalar manbai bo‘lib xizmat qildi, balki mamlakatimiz moliya sektorida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etishda ham muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

“Loyihalar va o‘zgarishlarni boshqarish” loyihasi bank faoliyatining barcha bo‘g‘inlarida tizimli va samarali yondashuvlarni joriy qilish, barqaror boshqaruv tuzilmasini shakllantirish, jamoada innovatsion fikrlashni rivojlantirish hamda xalqaro tajribani o‘zlashtirish orqali nafaqat bank, balki umuman respublikamiz moliya bozorining ham taraqqiyotiga katta hissa qo‘shadi.

Bank Axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.