O‘zbekiston Konstitutsiyasi: huquq va erkinlik kafolati
"Biznesni rivojlantirish banki" ATBda mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Unda bosh bank tarkibiy tuzilmalari rahbarlari va xodimlar ishtirok etdi. Tadbirni bank Axborot xizmati rahbari Sh.Oripov olib bordi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Yoqubov Bosh qomusimizning mustaqil davlatchiligimiz rivojidagi o‘rni va ahamiyati haqida ma'ruza qildi.
Bundan tashqari, mamlakatimizda yuz berayotgan siyosiy jarayonlar, qonun ijodkorligi, yangi shakllangan parlament funksiya va vazifalari haqida ma'lumot berdi.
Tadbir so‘nggida xodimlar Kostitutsiyamizdagi o‘zgarishlar, jumladan fuqarolik pozitsiyasining himoyalanganlik jihatlari, Miranda qoidasi va boshqa yangilanishlar haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.