“O‘zbek tili bayrami” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
21-oktabr – O‘zbek tili kuni munosabati bilan “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining Andijon Bank xizmatlari ofisida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim ishtirok etib, Ona tilimizning davlat tili maqomiga erishish tarixi, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shoir o‘zbek tili xalqimizning bebaho ma’naviy merosi va milliy g‘ururining ifodasi ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati xodimlarga batafsil tushuntirildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv xodimlarda ona tiliga hurmat va e’tibor tuyg‘usini yanada mustahkamlash, davlat tilida ish yuritish madaniyatini oshirishga xizmat qildi.
Bank axborot xizmati
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.