Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Omonatlar himoyasi bo‘yicha onlayn muloqotga marhamat!

27.03.2025
2 min

Hurmatli bank mijozlari, Sizlarni "Biznesni rivojlantirish banki" tomonidan tashkil etilayotgan "Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari" mavzusidagi ovozli chatga taklif etamiz.

Qachon: 2025-yil 28-mart kuni, soat 15:00 dan 16:00 gacha

Qayerda: BRB Info telegram kanalida

Spiker: Aʼloxon Ahrorxo‘jayev — "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Chakana biznes departamenti yetakchi menejeri

Ovozli chat davomida siz bank omonatlarini himoya qilishning qonuniy kafolatlari, omonatlarning sug‘urtalanishi, banklarning masʼuliyati va boshqa muhim savollarga javob olasiz. Shuningdek, soha mutaxassisidan maslahatlar olishingiz va o‘z fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.

O‘z taklif va savollaringizni yo‘llash uchun: @Press_BRB telegram kanaliga murojaat qiling.

Ushbu muloqot sizning moliyaviy savodxonligingizni oshirish, bank omonatlari haqida to‘g‘ri maʼlumotga ega bo‘lish va o‘z mablag‘laringizni ishonchli tarzda himoya qilishga yordam beradi.

"Biznesni rivojlantirish banki" Sizlarni ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishga chaqiradi!

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.