Ohangaronda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminar oʻtkazildi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat intizomiga rioya etish va faoliyatda shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan ishlar doimiy ravishda amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan, bankning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi Ohangaron BXO xodimlari uchun prokuratura organlari vakillari ishtirokida navbatdagi oʻquv-seminar oʻtkazildi.
Tadbirda prokuratura vakillari tomonidan sohada amal qilayotgan korrupsiyaga qarshi qonunchilik normalari, manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish mexanizmlari, xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik va xolislik prinsiplariga rioya etish boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi.
Seminar davomida xodimlarga:
·korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va kamaytirish usullari;
·xizmat vakolatlaridan foydalanishda shaxsiy masʼuliyatni oshirish;
·huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik choralari;
·ichki nazorat va komplayens talablariga rioya etish kabi masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Muloqot tarzida oʻtgan seminarda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, shuningdek, bank faoliyatida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish boʻyicha tegishli tavsiyalar muhokama qilindi.
Ushbu tadbir “Biznesni rivojlantirish banki” ATBda shaffoflik, halollik va xizmat madaniyatini yanada mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha institutsional yondashuvni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.