Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

OCM dasturi doirasida Farg‘ona vodiysi ambassadorlari uchun amaliy trening tashkil etildi

06.11.2025
3 min

Farg‘ona shahrida OCM dasturi doirasida Farg‘ona vodiysi ambassador va agentlari uchun mintaqaviy trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Bisnesni rivojlantirish banki” ATB ning Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlaridagi o‘zgarishlar ambassadоrlari hamda agentlari ishtirok etdishi.

Mazkur trening muqaddam Toshkent shahrida barcha ambassadorlar ishtirokida o‘tkazilgan markaziy uchrashuvdan keyingi ilk mintaqaviy bosqich sanaladi. Ushbu bosqichning asosiy maqsadi – joylarda o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash, aloqa va fikr almashuv tizimini shakllantirish, shuningdek, ambassador va agentlar o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.

Trening davomida ishtirokchilarga OCM dasturining maqsad va vazifalari, hududlarda o‘zgarishlarni amalga oshirishning zamonaviy yondashuvlari, loyiha boshqaruvi ва jamoatchilik bilan samarali ishlash ususllari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Har bir ambassador 3-4 nafar agent bilan ishlaydi – bu orqali har bir hududda tizimli faoliyat yuritish, yangicha g‘oyalarni amalga oshirish hamda fuqarolarni islohotlarga yanada faol jalb etish imkoniyati yaratiladi.

Ishtirokchilarning e’tiroficha, trening ham mazmun ham amaliy jihatdan foydali bo‘lib, unda loyihalarni rejalashtirish, tahlil qilish ва samaradorligini oshirish boy‘icha interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Shuningdek, boshqa viloyatlardan kelgan hamkasblar bilan tajriba almashish imkoniyati ham berildi.

Trening yakunida dastur doirasida amalga oshiriladigan keyingi bosqichlar belgilab olindi. Yil davomida OCM dasturi Farg‘ona vodiysi bo‘ylab bosqichma-bosqich amalga oshirilib, bunda ambassador va agentlar faoliyati orqali mahalliy darajadagi ijobiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.

 

Bank axborot xizmati

 

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.