Nukus shahar bank xizmatlari ofisi "Milliy libos" chellenjida
Milliy libos – bu xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari va ma‘naviy boyligining yorqin ifodasidir. Har bir naqsh, har bir rang o‘zida xalqimizning qadriyatlari va madaniyatining chuqur ma’nolarini mujassam etgan. “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan tashkil etilgan “Milliy libos — millat g‘ururi” chellenji doimiy ravishda davom etmoqda.
Ushbu ezgu tashabbus milliy merosimizni asrab-avaylash, yosh avlod qalbida milliy g‘urur va vatandoshlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan.
Chellenj doirasida ishtirokchilar milliy liboslarda suratga tushib, o‘zlarining madaniyatimizga bo‘lgan hurmatini namoyon qilmoqda.
Bugungi manzilimiz "Biznesni Rivojlantirish Banki" ATB Nukus shahar bank xizmatlari ofisi bo‘ldi. Bu nafaqat milliy qadriyatlarimizni yuksaltirishga, balki jamoamizda birlashuv va hamjihatlik ruhini oshirishga xizmat qiladi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Milliy libos chellenjini jizzaxlik hamkasblarimiz davom ettirdi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.