Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Navoiylik hamkasblar milliy libos chellenjida

05.09.2025
2 min

"Biznesni rivojlantirish banki" milliy anʼanalarni qadrlash va ulug‘lash maqsadida boshlangan “Milliy libos – millat iftixori” chellenjini izchil davom ettirmoqda. Tashabbusning navbatdagi ishtirokchilari — Bankning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari.

Ular milliy liboslar orqali xalqimiz tarixiy merosi, uslubiy rang-barangligi va nozik didini namoyish etib, qadriyatlarimizni keng jamoatchilikka yetkazishni maqsad qildilar. Chellenj doirasida taqdim etilgan obrazlar va libos detallarida milliy matolar, naqshlar hamda anʼanaviy bezaklar uyg‘unligi aks ettirilgan.

Mazkur tashabbus yoshlar ongida milliy o‘zlikni mustahkamlash, jamoalarda ijobiy muhit va birdamlikni kuchaytirish, shuningdek, mahalliy hunarmandchilik va dizayn madaniyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ushbu chellenj orqali qadriyatlarni amalda targ‘ib etish, ularni kundalik hayot va ish madaniyatining ajralmas qismiga aylantirishni ko‘zlaydi.

Barcha hamkasblar, hamkorlar va kuzatuvchilarni chellenjga qo‘shilishga, milliy libosdagi suratlarini ulashishga hamda #MilliyLibos xeshtegidan foydalanishga taklif etamiz.

Bank Axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.