Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Navbatdagi teambuilding Qo‘qonda o‘tkazildi

25.07.2025
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan mahalla bankirlari va yordamchi agentlari uchun o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi teambuilding Qo‘qon shahrida tashkil etildi.

Joriy yilning 25-iyul kuni ishga boʻlgan motivatsiyani va jamoa bilan ishlash koʻnikmalarini oshirish maqsadida o‘tkazilgan teambuildingda Qoʻqon shahri, Buvayda va Beshariq tumanlarida faoliyat yuritayotgan 15 nafar mahalla bankiri va 45 nafar yordamchi agent ishtirok etdi.

Ayni paytda Farg‘ona viloyatida “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning jami 37 mahalla bankiri va 116 nafar yordamchi agentlari faoliyat olib bormoqda.

Tadbir davomida ishtirokchilar uchun “Mening biznesim” va “Mening buyurtmam” innovatsion loyihalari taqdimoti ham oʻtkazildi. Mazkur innovatsion yechimlar mahalla bankirlarining asosiy vazifalaridan biri boʻlgan aholi bandligini ta’minlash borasida muhim vosita ekanligi qayd etildi.

Shuningdek, ular jamoaviy ishlash, innovatsion yechimlar yaratishga qaratilgan interfaol mashg‘ulotlarda ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladi.

Faoliyati davomida yaxshi natijalarga erishib kelayotgan mahalla bankirlari o‘z tajribalari bilan bo‘lishdi.

Tadbir yakunida halol va faol mehnati bilan boshqalarga namuna bo‘layotga mahalla bankirlari va yordamchi agentlarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

 Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.