Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Navbatdagi matbuot anjumani o'tkazildi

30.09.2024
7 min

2024-yil 30-sentabr kuni Milliy matbuot markazida “Biznesni rivojlantirish bankidan chakana xizmatlar: qulaylik va zamonaviylik” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda bank Boshqaruvi rahbariyati, tarkibiy tuzilmalar masʼul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni bank Chakana biznes Bosh direktori Feruz Xo‘jaev ochib berdi. Qayd etildiki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan, yurtimizda bank sohasida keng ko‘lamli islohotlar hayotga tatbiq etilmoqda. Xususan, aholiga taklif etilayotgan bank xizmatlari qulayligi va hammabopli, zamon talablariga mosligi bilan turfa xil ko‘rinish kasb etmoqda va bu banklar orasida raqobat muhitini yuzaga keltirdi. Demak, standart usullardan voz kechib, o‘z qadriyat va tajribasiga tayangan holda yangi sharoitga tezkor moslashuvchan bank bo‘libgina ushbu raqobatda o‘z o‘rnini saqlab qolish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, Biznesni rivojlantirish banki ham kun sayin yangi xizmatlar yaratish va ularning o‘ziga xosligi ortidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va sonini oshirishga jiddiy eʼtibor qaratmoqda.

Maʼlumki, 2023-yil 4-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-292-sonli Qaroriga asosan “Qishloq qurilish bank” negizida “Biznesni rivojlantirish banki” АTB tashkil etildi va qisqa fursat ichida KPMG xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda “Biznesni rivojlantirish banki”ning 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi ishlab chiqildi va ayni paytda mazkur strategiya izchillik bilan hayotga tatbiq etilmoqda.

Unga muvofiq aholiga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida ham qator strategik maqsadlar belgilab olingan. Bular:

- mijozlar bilan munosabatlarimizning uzoq muddatlarga mo‘ljallanganligi va sifatli xizmat ko‘rsatish

- Mijozlarga qaratilgan xizmat ko‘rsatish turini rivojlantirish

- Аktiv mijozlar sonini oshirish.

- Kredit ajratishda resurs bazasini shakllantirish

- Chakana biznes modelini rivojlantirish va daromadlilik ko‘rsatkichlarini oshirish bular asosiy strategik maqsadlarimiz hisoblanadi

Qayd etildiki, bugungi kunda bankda 39 ta bank xizmatlari ofisi hamda bank xizmatlari markazi, 14 ta 2-toifali BXM, 3 ta ipoteka markazi, 560 ta Bankomat, 264 ta 24/7 bankomat shahobchalari mavjud. Аholiga 49 turdagi chakana mahsulot va xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Strategiya asosida bu boradagi qo‘yilgan maqsad yo‘lida ko‘rilayotgan choralar ham joriy yilning o‘zidaq natija bermoqda. Xususan, 2024-yilning 9 oyi davomida 1,5 trln so‘m miqdorida kredit mahsulotlari rasmiylashtirildi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100 mlrd so‘mga ko‘proqni tashkil etmoqda.

Maʼlumki, hozirgi kunda bankning transformatsiya jarayonlari jadallik bilan amalga oshirilib kelinmoqda. Transformatsiya jarayonlaridan oldin 1 ta xodim asosan 1 turdagi xizmat yoki mahsulot sotuvi bilan shugʼurlangan va 1 kunda 40 tagacha amaliyotlarni bajargan. Jarayonlar qayta ko‘rib, transformatsiya jarayonida 1 ta xodim 4 tagacha mahsulot bo‘yicha xizmat ko‘rsatishi va kun davomidagi amaliyotlar soni 100 tagacha oshishiga erishilmoqda.

O‘z navbatida, yangi xizmatlar joriy etishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, Biznesni rivojlantirish banki tomonidan boshqa tijorat banklarida alternativ variantlari mavjud bo‘lmagan mahsulot va xizmatlarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Misol uchun yaqin kunlarda mijozlarga Onlayn avtokredit, Onlayn taʼlim krediti hamda mahsulot va xizmatlarni agent tashkilotlar orqali sotish va sotuv hajmlarini oshirishga oid yangi xizmat turlari taklif etila boshlaydi.

Shuningdek, bankning mobil ilovasi hozirgi kunda to‘laqonli sotuv kanaliga aylandi. Аyni paytda mobil ilova foydalanuvchilar soni 340 mingdan ortiqni tashkil etadi. Yil boshidan 3,5 mln ga yaqin tranzaktsiyalar orqali 3,1 trnl so‘mlik aylanmalar amalga oshirildi.

Barcha turdagi mahsulotlarning sotuvini onlayn kanallarda tashkil etish ustida ishlanmoqda. Asosiy maqsad, mijozlarga qulay, tezqor va sifatli xizmat ko‘rsatishdan iborat. Hozirgi kunda eng ommabop bo‘lgan xizmat bu shubhasiz onlayn xizmatlar hisoblanadi. Bank tomonidan ham ushbu tendentsiyalarga mos xizmat va mahsulotlar yaratish ustida ishlar olib borilmoqda.

Xususan, endilikda bank mijozlari bankning mobil ilovasi orqali onlayn tarzda avtokredit olish imkoniyati yaratildi. Yaʼni avtotransport sotib olish bo‘yicha barcha amaliyotlar mijoz tomonidan mustaqil onlayn tarzda amalga oshiriladi. Hozircha ushbu xizmat faqatgina UzАvto kompaniyasi tomonidan sotilayotgan avtomobillar uchun joriy qilingan. Boshqa avtotransport vositalarining rasmiy sotuvchilari va ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda. Va onlayn avtokredit mahsuloti boshqa rusumdagi avtomobillar uchun ham joriy etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, talabalar va ularning yaqinlari ham endilikda taʼlim kreditlarini mobil ilova orqali rasmiylashtirib ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Matbuot anjumanida shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

 

Bank axborot xizmati

 

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.