Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Namanganlik mahalla bankirlari uchun teambuilding tashkil etildi

15.08.2025
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan Namangan viloyatida 16 nafar mahalla bankiri va 40 nafar yordamchi agentlari ishtirokida navbatdagi teambuilding oʻtkazildi.

Maqsad – ishtirokchilarning jamoaviy ishlash salohiyatini oshirish, oʻzaro ishonch va birdamlikni mustahkamlash, maqsadga erishishda birgalikda harakat qilish koʻnikmalarini shakllantirish.

“Jamoaviy ruh va yangi marralar sari” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir davomida ishtirokchilar turli interaktiv oʻyinlar va amaliyotlar orqali strategik fikrlash, masalani birgalikda hal qilish, yetakchilik va kommunikatsiya koʻnikmalarini rivojlantirdilar. Maxsus mashgʻulotlar har bir ishtirokchiga oʻz salohiyatini toʻliq namoyon etish va jamoa bilan uygʻun ishlash imkonini berdi.

Teambuildingda “Mening biznesim” va “Mening buyurtmam” mobil ilovalari taqdimot qilinib, ilovalarning mahalla darajasida bandlikni oshirish imkoniyatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida eng faol va samarali faoliyat olib borayotgan mahalla banklari hamda yordamchi agentlar faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Bu ularning mehnatini eʼtirof etish va kelgusidagi faoliyatlariga ragʻbat beradi.

Hududdagi mahalla banklari va yordamchi agentlar ko‘magida joriy yilning oʻtgan yetti oyida 1 730 ta loyiha boʻyicha 57,7 mlrd soʻmlik kreditlar ajratildi. Shuningdek, 1 730 nafar fuqaroning bandligi taʼminlandi.

Mahalla bankirlari — aholi va tadbirkorlar uchun eng yaqin moliyaviy ko‘makchi bo‘lib, joylarda iqtisodiy faollikni oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va biznesni rivojlantirishda muhim o‘rin egallamoqda.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.