Namangan BXO xodimlari “Milliy libos – millat faxri” chellenjida
"Biznesni rivojlantirish banki" o‘zbek milliy anʼanalarini eʼzozlash va ulug‘lash maqsadida “Milliy libos – millat faxri” chellenjini davom ettirmoqda! Ushbu chellenj orqali bank xodimlari milliy liboslarda namoyon bo‘lib, milliy qadriyatlarga hurmat va ehtiromlarini ko‘rsatmoqdalar.
Bugungi tashrif manzili: "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Namangan bank xizmatlari ofisi. Namangan bank xizmatlari ofisi xodimlari ham chellenjga faol ishtirok etib, milliy liboslar go‘zalligini namoyish qildilar.
Ularning milliy liboslardagi suratlari bankning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinmoqda va keng jamoatchilik tomonidan iliq kutib olinmoqda. Chellenj o‘zbek xalqining boy madaniyatini targ‘ib qilishga va yosh avlodning milliy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.
"Biznesni rivojlantirish banki" o'zbek milliy madaniyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi tadbirlarni kelgusida ham davom ettirish niyatida ekanligini ta’kidlaydi. Milliy liboslarimizni asrash va kelajak avlodlarga yetkazish har birimizning burchimizdir!
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.