Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Muvaffaqiyat hikoyasi: Mahalla bankiri ko‘magida yo‘lga qo‘yilgan tadbirkorlik tashabbusi

13.12.2025
2 min

Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada mahalla bankirlari orqali aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Sharq yulduzi mahallasida yashovchi fuqaro Umarov Foziljon mahalla bankiri ko‘magida “Biznesni rivojlantirish banki” ATBdan 100 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit oldi.

Ajratilgan mablag‘lar evaziga u mebel ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yib, mahalla aholisidan 4 nafar fuqaro uchun doimiy ish o‘rni yaratdi. Ushbu loyiha nafaqat tadbirkorning o‘z faoliyatini kengaytirishiga, balki hududda bandlikni ta’minlashga ham xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda Foziljon Umarov zamonaviy dizayn va mahalliy bozor talablari asosida sifatli mebel mahsulotlarini ishlab chiqarib, o‘z mahallasida ishlab chiqarish madaniyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB kelgusida ham mahalla bankirlari orqali aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va muvaffaqiyatli biznes loyihalarni moliyalashtirishni davom ettiradi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.