Mustaqillik bayrami keng nishonlanmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimida ham qator ezgu tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Xususan, bank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda bank rahbariyati, bankning tarkibiy tuzilmalarida ishlayotgan xodimlar va ularning oila aʼzolari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida davlatimiz rahbari gʻoyasi asosida mustaqillik yillarida mamlakat himoyasi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining xotirasiga bunyod etilgan “Millat fidoyilari” yodgorligi poyiga gulchambar qoʻyildi.
Muloqot davomida mustaqillik fidoyilariga bagʻishlangan ushbu majmuaning tashkil qilinishi “Gʻalaba bogʻi”ning maʼnaviy ahamiyatini yana bir karra oshirgani taʼkidlandi.
Bugungi tinch-osoyishta hayotimizda millatimiz qahramonlarining mardona kurashlarining oʻrni naqadar yuksak ekanligi qayd etildi.
Shundan soʻng tashkil etilgan bayram tadbirida taniqli shoirlar, sanʼatkorlar ijrosida ona-Vatan, mustaqillik qadr-qimmati haqidagi kuy-qoʻshiqlar va sheʼrlar yangradi.
Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan bunday turkumdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar “Biznesni rivojlantirish banki”ning tarkibiy tuzilmalari tomonidan xududlarda ham tashkil etilmoqda.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.