Muhim mavzuda matbuot anjumani oʼtkazildi
2024 yil 29 may kuni Milliy matbuot markazida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan "Kichik biznes rivoji uchun sarmoyalar" mavzusida matbuot anjumani o’tkazildi.
Unda bank Boshqaruvi rahbariyati, tarkibiy tuzilmalar mas’ul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni bank Boshqaruvi raisi o’rinbosari Boboxon Bobojonov ochib berdi. Qayd etildiki, 2023 yil 4 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023 yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-292-sonli Qarorga asosan “Qishloq qurilish bank” negizida “Biznesni rivojlantirish banki” tashkil etildi va uning faoliyati ustuvor ravishda kichik biznes sub’ektlarining loyihalarini moliyalashtirish va ularga kompleks xizmatlar ko’rsatishga yo’naltirildi.
Bugun mazkur yo’nalishda qabul qilingan Qarorlar ijrosi doirasida bank tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tadbirda OAV vakillariga bu boradagi ishlarning borishi xususida atroflicha ma’lumot berildi. Ta’kidlandiki, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB huzurida xalqaro moliya institutlarining mablag’lari va xususiy investisiyalarni jalb qilish orqali istiqbolli kichik biznes loyihalarini amalga oshiradigan “Kichik biznesni rivojlantirish jamg’armasi” MCHJ hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kichik tadbirkorlik sub’ektlariga biznes loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish va ishga tushirishga ko’maklashish, ularga konsalting xizmatlarini ko’rsatishga mas’ul bo’lgan 14 ta kichik biznesga ko’maklashish markazlari tashkil etildi.
SHu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institusional qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-306-sonli Qaroriga asosan “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan 2023-2026 yillarda “Kichik biznesni uzluksiz qo’llab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshirish belgilangan. Ushbu Dastur doirasida biznes jarayonlarini avtomatlashtirgan holda tashkil etish uchun Biznes portal ishga tushirildi va tegishli idoralarning tadbirkorlik yo’nalishidagi axborot tizimlari bazalariga integrasiya qilindi. Hozirda ushbu Biznes portal orqali mijozlarga onlayn moliyaviy va konsultativ xizmat ko’rsatilmoqda.
Tadbirda bu boradagi erishilgan natijalar xususida ham batafsil ma’lumot berildi.
2024 yil 1 may holatiga tadbirkorlik sube’ktlariga ajratilgan kreditlar qoldig’i 10,5 trln. so’mni (jami portfeldagi ulushi – 50,2%) tashkil etgani ma’lum qilindi. Jumladan:
· sanoat sohasiga – 4,3 trln. so’m;
· xizmat ko’rsatish sohasiga – 1,6 trln. so’m;
· savdo va umumiy ovqatlanish sohasiga – 1,7 trln. so’m;
· qishloq xo’jaligi sohasiga – 1,6 trln. so’m;
· qurilish sohasiga – 1,3 trln. so’m to’g’ri keladi.
Joriy yil davomida tadbirkorlik sub’ektlariga 1 427,1 mlrd. so’m kreditlar ajratilgan. SHundan, 1 170,1 mlrd. so’mi (82%) milliy valyutada, 256,9 mlrd. so’mi (18%) xorijiy valyutada ajratilgan. Jumladan:
· sanoat sohasiga – 594,3 mlrd. so’m;
· xizmat ko’rsatish sohasiga – 227,6 mlrd. so’m;
· savdo va umumiy ovqatlanish sohasiga – 251,7 mlrd. so’m;
· qishloq xo’jaligi sohasiga – 197,6 mlrd. so’m;
· qurilish sohasiga – 155,9 mlrd. so’m to’g’ri keladi.
Tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan jami kreditlarning 57,2 foizi yoki 816,8 mlrd. so’mi (9 002 ta mijozga) PQ-306-sonli qaror doirasida ajratilgan kreditlar salmog’iga to’g’ri keladi. Jumladan:
· 100,0 mln. so’mgacha garovsiz kreditlar – 799,6 mlrd. so’m;
· 150,0 mln. so’mgacha garov talabi pasaytirilgan kreditlar –
8,5 mlrd. so’m;
· Boshqalar – 8.7 mlrd. so’mga to’g’ri keladi.
Joriy yil boshida bank kredit mahsulotlaridan foydalanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari soni 5 291 nafarni tashkil etgan. Bu ko’rsatkich hozirgi kunda 3 barobarga oshib 16 004 nafarga etgan.
Bankimiz tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari uchun bozor talablaridan kelib chiqib 30 dan ortiq turdagi kredit mahsulotlari joriy qilindi. Jumladan:
Maqsadsiz mikrokredit (naqd yoki naqdsiz);
Aylanma mablag’larni to’ldirish uchun kredit;
Asosiy vositalar sotib olish uchun kredit;
YAngi ish o’rni yaratishni rag’batlantiruvchi kredit;
Ko’p qavatli uy-joy qurish uchun kredit;
Xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun kredit;
YOshlarni qo’llab-quvvatlash uchun kredit;
Lizing va boshqalar.
Bankimizning tadbirkorlik sub’ektlariga ko’rsatayotgan bank xizmatlari natijasida joriy yil davomida bank mijozi bo’lgan yuridik shaxslar tomonidan 19 740 ta yangi ish o’rni yaratildi.
SHuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari uchun bank kafolati bo’yicha 3 turdagi (“Tender”, “Avans” va SHartnoma shartlarini ta’minlash) nokredit maqsulotlari joriy qilindi.
Bundan tashqari mijozlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib 20 turdagi bank xizmatlarini birlashtirgan holda paketlar (“Biznesga birinchi qadam”, Biznesga ko’mak, “Biznes praym” va Biznes VIP) ishlab chiqilib amaliyotga joriy qilindi. Ushbu bank xizmatlari bo’yicha paketlarga ulanishning asosiy afzaliklaridan biri sifatida masovaviy xizmat (“Internet-Banking”, “Mobile-banking” va “SMS-banking”) larga ulanish va oylik abonent to’lovlari bepul qilinganligini qayd etish mumkin.
Bankning ko’p yillik doimiy yirik pul oqimiga ega bo’lgan 50 dan ortiq mijozlarining (tadbirkorlik sub’ektlari) murojaatlariga asosan debet aylanmasidan olinadigan xizmat xaqiga imtiyozlar taqdim etildi.
Ushbu ko’rsatilayotgan bank xizmatlari natijasida joriy yil davomida 10 410 ta yangi mijoz jalb qilindi, shundan asosiy hisobraqam ochgan mijozlar – 8 399 ta, ikkilamchi hisobraqam ochgan mijozlar – 2 011 tani tashkil etgani ma’lum qilindi.
Matbuot anjumanida shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.