Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

“Milliy libos – millat iftixori” chellenji Qashqadaryoda davom etmoqda

10.10.2025
2 min

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB tomonidan boshlangan va jamoatchilik e’tiborini qozongan “Milliy libos – millat iftixori” chellenji o‘zining navbatdagi manzili — Qashqadaryo viloyatiga yetib keldi.

Bugun bankning Qashqadaryo hududiy boshqarmasi jamoasi milliy qadriyatlarimizni e’zozlash, urf-odatlarimizni ulug‘lash va zamonaviy ijtimoiy hayotga uyg‘unlashtirish maqsadida ushbu loyihada faol ishtirok etdi. Xodimlar milliy liboslarda ish faoliyatini olib borib, o‘zbek milliy madaniyatining betakror namunalarini keng jamoatchilikka namoyish qildi.

Ushbu tashabbus orqali bank jamoasi nafaqat o‘z mijozlari va hamkorlari, balki keng jamoatchilik o‘rtasida ham milliy o‘zligimiz, estetik didimiz va tarixiy merosimizga bo‘lgan yuksak hurmatni targ‘ib etmoqda.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan tashkil etilgan ushbu chellenj har bir xodimni o‘z milliy ildizlariga qaytishga, o‘zligini anglashi va faxrlanishga undaydi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.