Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

“Milliy libos – millat faxri” chellenjida Jizzax BXO xodimlari

02.05.2025
2 min

"Biznesni rivojlantirish banki" o‘zbek milliy an’analarni e’zozlash, qadrlash va ulug‘lash maqsadida “Milliy libos – millat faxri” chellenjini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda!

Bugungi tashrif manzili: "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Jizzax bank xizmatlari ofisi. Jizzax bank xizmatlari ofisi xodimlari ham ushbu chellenjga katta qiziqish bilan qo‘shilishdi va o‘zlarining betakror milliy liboslarida ishtirok etishdi. Xodimlarning milliy liboslardagi go‘zal va o‘ziga xos ko‘rinishlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda va ko‘plab ijobiy fikrlar bildirilmoqda.

Ushbu chellenj orqali "Biznesni rivojlantirish banki" milliy qadriyatlarni, milliy liboslarimizning go‘zalligini targ‘ib qilishga, shuningdek, xodimlar o‘rtasida milliy g‘urur tuyg‘usini kuchaytirishga intilmoqda.

Bank milliy madaniyatni qo‘llab-quvvatlash va uni kelajak avlodlarga yetkazish borasidagi sa’y-harakatlarini bundan keyin ham davom ettiradi. Milliy liboslar – bu bizning boy tariximiz, o‘zligimiz va milliy iftixorimizdir!

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.