Milliy libos chellenjida Yakkasaroy BXM xodimlari
Goʻzal milliy liboslarimiz – xalqimizning bebaho merosi, madaniyati va anʼanalarining yorqin namunasi! Har bir naqsh, har bir detalda asrlar davomida sayqallangan maʼno va falsafa mujassam. Milliy liboslarimiz bizning kimligimizni, qadriyatlarimizni va oʻzligimizni aks ettiradi.
Bu gal milliy libos chelenjini “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Yakkasaroy bank xizmatlari markazi xodimlari davom ettirdi.
Yakkasaroy BXM xodimlari milliy liboslarda oʻzlarining goʻzalliklari va milliy merosga boʻlgan hurmatlarini namoyon etishdi. Ularning yorqin tabassumlari va milliy liboslari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi!
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB milliy qadriyatlarni qadrlash va targʻib qilishda davom etadi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Axborot xizmati bayonoti
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.