Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Milliy libos chellenji Andijonda

12.09.2025
2 min

"Biznesni rivojlantirish banki" milliy qadriyatlarni ulugʻlashda davom etadi: "Milliy libos – millat iftixori" chellenji Andijonda davom etdi.

 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB milliy anʼanalarni qadrlash va ulugʻlash maqsadida "Milliy libos – millat iftixori" chellenjini davom ettirmoqda. Chellenj doirasida bank xodimlari milliy liboslarda faoliyat yuritib, milliy qadriyatlarga boʻlgan hurmat va eʼtiborni namoyish etmoqdalar.

Chellenjning navbatdagi manzili "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Andijon bank xizmatlari ofisi boʻldi. Andijonlik bank xodimlari milliy liboslarda ishga kelib, milliy qadriyatlarni ulugʻlashga oʻz hissalarini qoʻshdilar.

"Biznesni rivojlantirish banki" jamoasi milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazish muhim deb hisoblaydi. "Milliy libos – millat iftixori" chellenji – bu milliy anʼanalarimizga boʻlgan hurmatimizni namoyon etish va jamiyatimizni milliy qadriyatlarni qadrlashga undashning bir usulidir.

"Biznesni rivojlantirish banki" kelgusida ham milliy qadriyatlarni qoʻllab-quvvatlash va ularni targʻib qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda davom etadi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.