Milliy libos – bu bizning ildizimiz, g‘ururimiz va faxrimiz!
O‘zbek xalqining boy madaniy merosi, betakror anʼanalari asrlar davomida avloddan avlodga o‘tib, bugungi kunda ham o‘z qadrini yo‘qotmagan. Milliy liboslarimiz esa bu bebaho merosning yorqin namunasidir. Ular xalqimizning tarixi, sanʼati, ruhiyati va dunyoqarashini o‘zida mujassam etgan.
"Biznesni rivojlantirish banki" milliy qadriyatlarimizni eʼzozlash, ularni asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida "Milliy libos – millat faxri" chellenjini davom ettirmoqda. Chunki, milliy libos – bu nafaqat kiyim, balki bizning ildizimiz, g‘ururimiz va faxrimizdir!
Chellenj doirasida bugungi manzilimiz – "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Sergeli tumani bank xizmatlari ofisi. Ofis xodimlari milliy liboslarda o‘zlarining go‘zalliklarini namoyish etib, bayramona kayfiyat ulashdilar. Ularning kiygan atlas, adras va beqasam matolaridan tikilgan rang-barang liboslari, milliy naqshlar va bezaklar bilan bezatilgan bosh kiyimlari barchaning eʼtiborini tortdi.
"Biznesni rivojlantirish banki" jamoasi milliy qadriyatlarimizga sodiq qolib, ularni targ‘ib qilish va rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi. Biz barcha yurtdoshlarimizni milliy anʼanalarimizni qadrlashga, milliy liboslarimizni kiyishga va ular bilan faxrlanishga chaqiramiz!
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.