Mikromoliya xizmatlari bozori sharhi (2025-yil III chorak)
Markaziy bank 2025-yil yanvar–sentabr oylarida ko‘rsatilgan mikromoliya xizmatlari bo‘yicha sharhni e’lon qildi.
Unga ko‘ra:
Joriy yilning yanvar–sentabr oylarida mikromoliya xizmatlari hajmi 104 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 1,8 barobar oshdi. Ularning jami kreditlardagi ulushi 34,2% ga yetdi.
Bozorda asosiy ulushni banklar (79,5%) egallaydi, qolgan qismi mikromoliya tashkilotlari (18,5%) va lombardlar (2%) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mikromoliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan jami19 trln so‘mlik mikromoliyaviy xizmatlarning 73% yoki 13,9 trln so‘mi uchta mikromoliya tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ushbu davr mobaynida 83 trln so‘mlik mikro qarzlar va 21 trln so‘mlik mikrokreditlar ajratilgan. Bunda, mikroqarzlar ulushi 80 foizni (+6 foiz band), mikrokreditlar ulushi 20 foizni tashkil etdi.
Hududlar kesimida eng katta ulush Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi (64%). Eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichi Toshkent shahri, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida kuzatilgan.
To‘liq sharh bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Manba
Barcha yangiliklar
Hududlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlari faol davom etmoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.