Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

"Mening biznesim” va “Mening buyurtmam” ilovalari taqdimoti oʻtkazildi

23.04.2025
4 min

2025-yil 23-aprel kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “Mening biznesim” va “Mening buyurtmam” loyihalarining taqdimot marosimi oʻtkazildi. Unda bank Boshqaruvi rahbariyati, hamkor tashkilotlar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari  ishtirok etdi.

Tadbirning ochilish marisomida qayd etilganidek, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB respublikadagi yetakchi moliya muassasalaridan biri sifatida zamonaviy xizmatlarni joriy qilish orqali mijozlar ishonchini qozonishga va moliya bozorida mustahkam oʻrin egallashga intilmoqda.

Chakana biznes modelini rivojlantirish va daromadlilik koʻrsatkichlarini oshirish bankning asosiy strategik maqsadlaridan biri sanaladi. Keng jamoatchilikka taqdim qilingan “Mening biznesim” va “Mening buyurtmam” innovatsion yechimlari mazkur maqsadga erishishda dadil qadamdir.

Taqdimot marosimida mazkur yangi loyihalarning ahamiyati va afzalliklari haqida batafsil maʼlumot berildi.

“Mening biznesim” – bu oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash uchun yaratilgan noyob raqamli platformadir.

“Mening biznesim” mobil ilovasida:

- tadbirkorlik faoliyatini rasman boshlashi uchun oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish;

- rasmiy daromadga ega boʻlmagan, oʻz kasbini ustasi boʻlgan fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi yoki rivojlantirishi uchun kreditlar olish;

- tadbirkorlik faoliyati, yaʼni boʻyoqchi, elektrik, tikuvchi, ustachilik, santexnik va boshqa shu kabi oʻz xizmatlarini aholiga onlayn tarzda taklif etish;

- mehnat stajini rasman yuritish orqali kelajakda ijtimoiy nafaqalarga ega boʻlish kabi muhim imkoniyatlar yaratildi.

Bundan tashqari, barcha mobil ilovalar kabi kunlik ehtiyojlarni qondirish uchun barcha xizmatlar mavjud. “Mening buyurtmam” – bu mijozlar va oʻzini oʻzi band qilgan xizmat koʻrsatuvchilar oʻrtasidagi qulay raqamli vositachidir.

“Mening buyurtmam” ilovasi orqali:

- har qanday xizmat koʻrsatuvchilarni, ustalarni tez va oson topish imkoniyati;

- oʻz lokatsiyalarini koʻrsatgan holda belgilangan narx asosida identifikatsiyadan oʻtgan ustalarni jalb qilish;

- ilgari foydalangan isteʼmolchilar tomonidan qoldirilgan izohlar tahlili asosida ustalarni tanlash;

- jalb qilinayotgan ustalarning reytingini tahlil qilish imkoniyatlari yaratilgan.

Bu ilovada kasblar va sohalar boʻyicha xizmatlar katalogi mavjud va undan 24/7 rejimida foydalanish mumkin. Shuningdek,  xizmatlar uchun buyurtma berish, geolokatsiya asosida eng yaqin xizmat koʻrsatuvchini topish imkoniyatlari mavjud. Foydalanuvchilarga chat orqali tezkor aloqani amalga oshirish imkoniyati ham yaratilgan.

Taqdimot marosimida spikerlar tomonidan “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning istiqboldagi rejalari va tatbiq etilishi moʻljallanayotgan yangi innovatsion loyihalar haqida ham maʼlumot  berildi.

Shuningdek, tadbir doirasida ilova orqali taqdim etilayotgan imkoniyatlarga oid turli sahnalashtirilgan chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar tadbir mehmonlariga xush kayfiyat ulashdi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.