Menejerlar malaka oshirdi
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB O'quv markazida joriy yilning 8-9 aprel kunlari bankning hududiy tarkibiy tuzilmalaridan kelgan biznes menejerlar uchun navbatdagi o'quv mashg'ulotlari tashkil etildi. O'quv-seminari kichik biznes va korporativ biznes yo'nalishlarida bo'lib o'tdi.
Mazkur o'quv mashg'ulotida menejerlar kasbiy ko'nikma va malakalarini rivojlantirish bo'yicha yangi bilimlarga ega bo'ldilar. O'quv mashg'ulotlari o'z yo'nalishining malakali mutaxassislari va ichki trenerlar tomonidan olib borildi.
Tadbir davomida tinglovchilarning O'zbek Milliy akademik drama teatriga tashriflari tashkil qilindi. O'quv seminar yakunida tadbir ishtirokchilariga O'quv markazining sertifikatlari topshirildi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.