Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

“Maxtumquli Firog'iy” filmi namoyishiga tashrif

24.02.2025
4 min

“Biznesni rivojlantirish banki” xodimlari buyuk turkman shoiri va mutafakkiri hayotiga bag‘ishlangan “Maxtumquli Firog'iy” filmi namoyishiga tashrif buyurdi. Bu film nafaqat kino, balki tarix va madaniyatga nazar, turkiy ellar uchun har doim dolzarb bo‘lgan qadriyatlarni eslatib turuvchi asardir.

Film ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikni ulug‘lashi bilan birga Maxtumqulidek buyuk shoirning g‘oyat murakkab va sinovlarga to‘la hayoti, uning iztiroblari, betakror ijodi, metin irodasi haqida hikoya qiladi. Shoirning g‘azallari, uning so‘zlari bilan kuylanuvchi qo‘shiqlar filmning jozibadorligini yanada oshirgan.

O‘zbek va turkman kinochilari tomonidan hamkorlikda tasvirga olingan “Maxtumquli Firog‘iy” nomli tarixiy badiiy filmi O‘zbekiston hamda Turkmaniston Prezidentlari tashabbusi asosida yaratilgan.

Maxtumquli Firog‘iy o‘zining teran axloqiy, falsafiy ijodi bilan jahon adabiyotida alohida o‘rin egallaydi. Ayni paytda uning betakror g‘azallari diltortar qo‘shiqlarga aylanib, o‘zbek xonadonlariga ham kirib borgan.

O‘tgan yili Davlatimiz rahbarining qarori bilan Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi O‘zbekistonda keng nishonlandi.

Ikki qardosh xalq kinochilari tomonidan tasvirga olingan “Maxtumquli Firog‘iy” filmi shoir ijodiy merosini targ‘ib etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Taniqli o‘zbek rejissyori Muzaffarxon Erkinov rejissyorligida yaratilgan mazkur badiiy film 2024-yil noyabr oyida Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan turkiy tilli davlatlarning “Qo‘rqut ota” IV xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi film” deb topilib, Oliy mukofotga sazovor bo‘ldi. Kartina rejissyori Muzaffarxon Erkinov hamda turkmanistonlik aktyor Axmet Amandurdiyev Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan medal bilan taqdirlangan.

Ushbu film Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan asos solingan “Tirik tarix” loyihasi doirasidagi dastlabki kartinalardan sanaladi. Bugungi globallashuv davrida shoirning ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni ulug‘lash, ezgulik, poklikka da’vatga oid qarashlari, g‘oyalari g‘oyat muhimdir.

Bank xodimlari o‘zbek va turkman xalqlari o‘rtasidagi mangu do‘stlikning yorqin namunasi bo‘lgan shoir ijodiga bag‘ishlangan filmdan bir olam taassurotlar bilan qaytdi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.