Matbuot anjumanida zamonaviy xizmatlarga oid taqdimotlar qilindi
2024-yil 27-avgust kuni “Biznesni rivojlantirish banki” АTB: IT-loyihalar va raqamli xizmatlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda bank Boshqaruvi rahbariyati va bankning tegishli tarkibiy tuzilmalari masʼul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda “Biznesni rivojlantirish banki”ning strategik IT-loyihalari va raqamli biznes sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida jamoatchilikka batafsil axborot berildi.
Taʼkidlandiki, “Biznesni rivojlantirish banki” АTB yaqin kelajakda o‘z oldiga mamlakatdagi eng ilg‘or zamonaviy innovatsion bank bo‘lishni maqsad qilgan. Bankning 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan Strategiyasida belgilangan 250 ta tashabbusning qariyb 72 tasi bevosita IT-loyihalar va raqamlashtirishga doir tashabbuslar hisoblanadi. Bu yo‘nalishdagi 28 ta tashabbus shu yilning o‘zida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Hozirda bankda IT-loyihalari va raqamli biznes sohasidagi to‘rt yo‘nalishda zaruriy ishlar olib borilmoqda:
Biznes uchun drayver agent bo‘lishi;
Bank biznes jarayonlarini raqamlashtirish;
Texnologik raqobatbardoshlikni oshirish;
Bank mijozlari va xodimlarini IT sohasida malakasini oshirish.
“Mening biznesim” elektron platformasi ishga tushirildi, unda 45 ta kasb-hunar yo‘nalishda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar “marketpleys” orqali o‘z xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha buyurtmalar qabul qilishmoqda. Bir oy davomida 2000 dan ortiq fuqarolar ro‘yxatdan oʼtdi.
“Sbertex” misolida bankning “BRB-Tex” IT markazi tashkil etildi.
“Biznes-portal.uz” platformasi tashkil etilib, tadbirkorlarga onlayn o‘qish, sertifikat berish, konsalting xizmatlar ko‘rsatish va kredit ajratish imkoniyatlari yaratildi.
Joriy yilda operatsion biznes modeli tizimli yo‘lga qo‘yildi.
Xalqaro standartlarga mos kredit konveyeri – anderrayting, skoring tizimlari yaratildi.
Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yangi zamonaviy sifat standartlari joriy qilindi.
“CRM-yagona oyna” ishga tushirildi.
Natijada, bank daromadlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17 foizga oshdi.
Yangi brendga asosan bankning sayti yangidan yaratildi va sotuv kanaliga aylantirildi. Saytga tashriflar yil boshiga nisbatan 223 foizga oshib, oyiga 70 mingtaga yetgan va bu ko‘rsatkich oyiga 22 foizga ko‘paymoqda.
Mobil ilova xizmat sifatini yaxshilandi. Yil boshiga nisbatan mijozlar soni 102 mingtaga ortib, hozirda 322 mingdan ortiq jismoniy shaxslar mobil ilova aktiv foydalanuvchilari hisoblanadi.
Tadbirda jurnalistlarga IT loyihalar yo‘nalishida joriy yilning yakuniga qadar belgilangan rejalar va prognoz ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham batafsil maʼlumot berildi.
Jurnalistlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va bank faoliyatining kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha muhim maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Korrupsiyaga nisbatan “mutlaq murosasizlik” shakllanmoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.