Markaziy bankning 2025-yil I yarmi uchun Moliyaviy barqarorlik sharhi
Markaziy bank tomonidan 2025-yilning birinchi yarmi uchun Moliyaviy barqarorlik sharhini e’lon qilindi.
Unda makromoliyaviy sharoitlar yengillashgani qayd etilgan. Xususan, O‘zbekistonda moliyaviy sharoitlarning yengillashishiga ichki valyuta bozoridagi, bank sektoridagi va makroiqtisodiy muhitdagi ijobiy o‘zgarishlar ta’sir ko‘rsatgan.
Asosiy jihatlar:
Jahon va O‘zbekiston iqtisodiyoti: asosiy tendensiyalar
🟣Global moliyaviy sharoitlar biroz yengillashdi: xalqaro bozorlarda foiz stavkalar pasaydi va bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy valyutalari mustahkamlandi.
Yuqori global noaniqlik, birinchi navbatda, iqtisodiy kutilmalarga taʼsir o‘tkazishda davom etayotgan va global iqtisodiy o‘sish surʼatlarini cheklashi mumkin bo‘lgan savdo siyosati sohasida saqlanib qolmoqda.
🟣O‘zbekistonning moliyaviy sharoitlari yengillashdi. Xususan, ichki valyuta bozori va bank sektori, shuningdek, makroiqtisodiy muhit yaxshilandi.
🟣2025-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston YAIM yillik 7,2 foizga o‘sdi va yil boshidan buyon so‘mning almashinuv kursi AQSH dollariga nisbatan 2,1 foizga mustahkamlandi.
🟣Umuman olganda, makromoliyaviy sharoitlar yengillashdi.
Bank sektori
☑️Bank tizimi aktivlarning o‘sishi bilan barqaror kapital va likvidlik ko‘rsatkichlarini namoyish etdi.
Bank tizimidagi moliyaviy stress darajasi pastligicha qolmoqda, bu pul bozorining barqarorligi va bank sektoridagi ijobiy o‘zgarishlar bilan izohlanadi.
☑️Bank tizimining jami regulyativ kapitali 17,4%, likvidlikni qoplash meʼyori koeffitsiyenti 195%, sof barqaror moliyalashtirish meʼyori koeffitsiyenti 117% va bank sektoridagi muammoli kreditlarning ulushi 3,8% ni tashkil etdi.
☑️Umuman olganda, bank sektori barqaror bo‘lib qolmoqda.
Manba: cbu.uz
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.