Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Markaziy bank va XVJ missiyasi makroiqtisodiy masalalarni muhokama qildi

19.11.2025
2 min

O‘zbekiston Markaziy banki rahbariyati Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) missiyasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Missiyaga Yasser Abdih rahbarlik qildi, uchrashuvda missiya ekspertlari — Koba Gvenetadze, Etibar Jafarov, Alejandro Simone va Galina Kostina ham ishtirok etdi.

Five men in suits sit around a wooden table with laptops and water bottles, flanked by small national flags.Uchrashuv davomida mamlakatdagi joriy makroiqtisodiy muhit, amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati choralarining borishi, shuningdek bank tizimining holati va asosiy ko‘rsatkichlari muhokama qilindi. Shuningdek, XVJ bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, texnik yordam va ekspert maslahatlarini jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Missiya doirasida Markaziy bank raisi o‘rinbosarlari va tegishli departamentlari bilan qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkazilib, asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralar batafsil davom ettiriladi.

Bundan tashqari, missiya dasturi doirasida bir qator vazirliklar, davlat idoralari va tijorat banklari vakillari bilan uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Markaziy banki

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.