Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024 yil 25 iyuldagi qaroriga muvofiq, asosiy stavka 13,5 foiz darajasida belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 apreldagi PF-70 sonli Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha ipoteka kreditlari foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan ko‘pi bilan 4 foiz bandga yuqori bo‘lishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Shu munosabat bilan, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan aholiga ajratilgan ipoteka kredit foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasiga mutanosib ravishda pasaytirildi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 fevraldagi 56-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida)
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.