Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish mavzusida davra suhbati

17.07.2025
2 min

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni taʼminlash maqsadida doimiy ravishda chora-tadbirlar oʻtkazib kelmoqda. Shu munosabat bilan, bankning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda Guliston BXO xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Komplayens nazorat departamenti xodimlari ishtirok etib, tizimda korrupsion holatlar va manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish yuzasidan maʼruza qildi.

Tadbir davomida korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, uning jamiyatga salbiy taʼsiri, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish usullari va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amaldagi qonunchilik haqida maʼlumotlar berildi. Xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega boʻldi.

Davra suhbatida taʼkidlanganidek, "Korrupsiyaga qarshi kurash – nafaqat qonuniy talab, balki har birimizning vijdoniy burchimizdir. Biz korrupsiyaga murosasiz boʻlishimiz va uning har qanday koʻrinishiga qarshi birgalikda kurashishimiz kerak".

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha oʻz saʼy-harakatlarini davom ettiradi va barcha xodimlarni bu muhim ishga oʻz hissalarini qoʻshishga chaqiradi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.