Mahalliy pomidor mahsulotlari xalqaro bozorlarga yo‘l olmoqda
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB va "Uzagrostar xolding" MChJ hamkorligida tashkil etilgan “Yangiyo‘l – Agro Star” ixtisoslashgan kompaniyasi tomonidan Italiyaga 20 tonna quritilgan pomidor mahsuloti eksport qilindi.
Mazkur eksport 2025-yil mart oyida Italiyaning "Alfredo Srel" kompaniyasi bilan imzolangan 200 tonna quritilgan pomidor mahsulotini yetkazib berish shartnomasi asosida amalga oshirilmoqda.
Rejalarga ko‘ra, yil yakuniga qadar eksport hajmini 50 tonnaga yetkazish belgilangan.
Kompaniya mahsulotlarni yetishtirish va tayyorlash jarayonlariga italiyalik agronom va texnolog mutaxassislarni jalb etgan. Bu yerda xalqaro talab va standartlarga muvofiq yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Bundan asosiy maqsad – qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qo‘shilgan qiymatini oshirish va ularni xorijiy bozorlar talabiga mos ravishda tayyorlash.
“Yangiyo‘l – Agro Star” kompaniyasi tomonidan pomidor mahsulotlarining Italiyaga eksport qilinishi nafaqat mamlakat eksport salohiyatini oshirishga, balki mahalliy fermerlar uchun ham yangi imkoniyatlar eshigining ochilishiga xizmat qiladi.
"Uzagrostar xolding" MChJ Axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Masofaviy xizmatlar kengayib bormoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.